Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp iste’foga chiqdi. Makron «ikkinchi urinish»ga tayyorlanmoqda
Fransiya hukumati rahbari, bosh vazir Eduar Filipp iste’foga chiqdi, prezident Emmanuel Makron uning arizasini qabul qilgan. Bu haqda bugun, 3-iyul kuni «Reuters» agentligi xabar berdi.
Yangi hukumat shakllanguniga qadar, Filipp vazifasini bajarishda davom etadi.
«Ipsos» ijtimoiy so‘rovnomasi aksariyat fransuzlar hukumat almashishi tarafdori ekanini ko‘rsatgandi. Shuning barobarida, 43 foiz respondent yangi hukumatni ham aynan Eduar Filipp boshqarishini istayapti. So‘rovnomada qatnashganlarning 33 foizi yangi bosh vazir kelishini xohlashmoqda, 24 foiziga esa o‘zgarishlar umuman kerakmas.
Emmanuel Makronga qaytadigan bo‘lsak, 2022-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodini ilgari surishni allaqachon rejalashtirib qo‘ygan. U hozirgi muammolarga «ikkinchi urinish»da yechim topishdan umidvor. Buning uchun esa unga jiddiy tarkibiy o‘zgarishlarga uchragan yangi hukumat kerak bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter