Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FQB ma’lumot uchun 50 ming dollar mukofot e’lon qildi

FQB ma’lumot uchun 50 ming dollar mukofot e’lon qildi

Foto: «Thesun.co.uk»

Federal qidiruv byurosi (FQB) 6-yanvardagi tartibsizliklar paytida Kapitoliy yaqinidagi Amerikaning ikkala partiyasi shtab-kvartirasida bomba qo‘yganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ushlashga yordam beradigan ma’lumot uchun 50 ming dollar mukofot e’lon qildi. Bu haqda byuroning rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:00 larda politsiyaga qo‘lbola bomba topilganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan. Portlovchi moslamaning bittasi Demokratik partiya, ikkinchisi respublikachilar shtab-kvartirasida topilgan. Federal qidiruv byurosi tarqatgan plakatda ko‘chada qora xalta ko‘tarib ketayotgan tibbiy niqobdagi kimsa tasvirlangan. Voqea tafsilotlarini biladigan odamlarga ismini oshkor etmaslik va’da qilingan.

Ikkala partiyaning shtab-kvartirasini evakuatsiya qilish to‘g‘risida 7-yanvar kuni xabar berilgan edi. «The New York Times» manbalariga ko‘ra, shubhali buyumlardan biri sapyorlar tomonidan yo‘q qilingan.

Saylov natijalariga qarshi chiqayotgan prezident Donald Tramp tarafdorlari 6-yanvar kuni Kapitoliy binosiga bostirib kirib, Senat zalini qurshab olishdi. Senat va Vakillar Palatasining o‘tgan saylov natijalarini tasdiqlash rejalashtirilayotgan yig‘ilishi to‘xtatildi. O‘nlab odamlar hibsga olingan, besh kishi o‘ldirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring