Fotofakt: Finlyandiya prezidentiga zalda joy topilmadi
Finlyandiya prezidenti Sauli Niinisto mamlakatning Turku shahridagi kitob yarmarkasiga bordi, bu yerda uning rafiqasi taklif etilgan mehmon sifatida qatnashayotgandi. Prezidentning rafiqasi Yenni Xaukio — shoira.
Tadbirga qiziqish katta ekanmi yo prezident sal kechikkanmi, xullas, zalda birontayam bo‘sh stul yo‘q ekan. Ammo prezident hech narsa bo‘lmagandek, to‘g‘rirog‘i, tadbirga xalaqit bermaslik uchun o‘zi kabi kechikkanlar qatoriga — zinaga borib o‘tirdi.
Poygakda o‘tirgan prezident (suratlarda u o‘rtada) ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Finlar prezidentni olqishlab, bunaqasi faqat Finlyandiyada mumkin, deb maqtanishdi.
Darvoqe, tadbir teng huquqlilik mavzusida edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter