Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Forbes: Ukrainaga yetkazilgan zarar 700 milliard dollardan oshdi

Forbes: Ukrainaga yetkazilgan zarar 700 milliard dollardan oshdi

Rossiyaning Ukrainaga harbiy tajovuzi natijasida Ukrainaga yetkazilgan iqtisodiy zarar 700 milliard dollardan oshadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal ma’lum qildi, uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Forbes.

«Jahon banki bilan birgalikda biz Ukrainaning tez tiklanishiga bo‘lgan ehtiyojini yana bir tekshirishni rejalashtirmoqdamiz. Eslatib o‘taman, bizda iyun oyining boshida shunday fiksatsiya bor. O‘shanda bu ko‘rsatkich 350 milliard dollarni tashkil etgan. Infratuzilmamizga qilingan so‘nggi hujumlarni hisobga olsak, bugungi kunda bu miqdor 700 milliard dollardan oshadi», – deydi Shmigal.

Bosh vazir Ukrainaning 2023-yilgi davlat budjetida Qurolli tajovuz oqibatlarini bartaraf etish jamg‘armasiga 35,5 mlrd grvn kiritilganini ta’kidladi. Mablag‘lar jamoat binolari, muhim infratuzilma ob’yektlarini qurish va ta’mirlash, ko‘chmanchilarni uy-joy bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring