Floridadagi otishmada 3 kishi halok bo‘ldi
AQShning Florida shtatidagi Jeksonvill shahrida sodir bo‘lgan otishmada uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Otishma yonilg‘i quyish shoxobchalaridan birining yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyida bir kishi halok bo‘lgan, ikki kishi shifoxonada jon bergan.
«Ularning aniq yoshini bilmaymiz, ammo voyaga yetgan yosh yigitlar ekanligini taxmin qilayapmiz», — degan politsiya vakili.
Voqea sababi hali aniqlangani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter