Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirishga ariza topshirdi
Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun alyans qarorgohida rasman ariza topshirdi.
Rasmiy javob bir necha hafta ichida bo‘lishi kutilmoqda.
Qoidalarga ko‘ra, blokka yangi a’zo qo‘shilishini barcha ittifoqchilar bir ovozdan ma’qullashi zarur.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, diplomatlarning fikriga ko‘ra, ratifikatsiya jarayoni taxminan bir yil davom etishi mumkin.
Avvalroq, OAVda Turkiya ushbu ikkala davlatning alyansga qo‘shilishiga qarshi chiqqani xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya harbiylari shu yilning fevralida Ukrainaga bostirib kirgach, Shvetsiya va Finlyandiya Shimoliy Atlantika shartnomasiga qo‘shilishi istagi tug‘ildi. Har ikkala davlat ushbu qarori Rossiya agressiyasidan omon qolish yo‘li sifatida ko‘rmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter