Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirishga ariza topshirdi

Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirishga ariza topshirdi

Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun alyans qarorgohida rasman ariza topshirdi.

Rasmiy javob bir necha hafta ichida bo‘lishi kutilmoqda.

Qoidalarga ko‘ra, blokka yangi a’zo qo‘shilishini barcha ittifoqchilar bir ovozdan ma’qullashi zarur.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda,  diplomatlarning fikriga ko‘ra, ratifikatsiya  jarayoni taxminan bir yil davom etishi mumkin.

Avvalroq, OAVda Turkiya ushbu ikkala davlatning alyansga qo‘shilishiga qarshi chiqqani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya harbiylari shu yilning fevralida Ukrainaga bostirib kirgach, Shvetsiya va Finlyandiya Shimoliy Atlantika shartnomasiga qo‘shilishi istagi tug‘ildi. Har ikkala davlat ushbu qarori Rossiya agressiyasidan omon qolish yo‘li sifatida ko‘rmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring