Fidji qirg‘oqlarida 8,2 balli zilzila sodir bo‘ldi

Tinch okeanining janubiy g‘arbidagi Fidji qirg‘oqlarida 8,2 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda. Avvaliga zilzila magnitudasi 7,9 ekani ma’lum qilingan edi. AQSh Geologik xizmati zilzila 8,2 balli ekanini aniqladi.
Silkinish epimarkazi Ndoi (Fidji) orolidan 290 km. shimoliy sharqda joylashgan.
Geologlarning aniqlashicha, zilzila o‘chog‘i 560 km. chuqurlikda bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter