Parijdagi Eyfel minorasini chaqmoq urdi
Parijdagi Eyfel minorasini chaqmoq urdi deya xabar bermoqda BFMTV voqea guvohiga asoslanib.
Guvohning ijtimoiy tarmoqlarda aytishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan 18.00 da inshootga chaqmoq tushgan.
Eyfel minorasi veb-sayti uni yiliga o‘rtacha besh marta chaqmoq urishini tushuntiradi.
Minora yaratuvchisi Gustav Eyfel hamma narsani oldindan ko‘ra olgan va uni to‘rtta chaqmoqqa qarshi qurilma bilan jihozlagan, shuning uchun samoviy hodisa minoraga hech qanday zarar yetkazmaydi va aholi uchun xavfli emas.
4 iyun kuni Fransiyaning qator hududlarida kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida noqulay ob-havo kuzatilishi xabar berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter