Eyfel minorasi va Luvr muzeyi yopiladi
Parij ramzi hisoblangan Eyfel minorasi va Luvr muzeyi ertaga, 8-dekabr kuni yopiladi, deb xabar berdi «frontnews.eu».
8-dekabr kuni Parijda yonilg‘i narxining oshishiga qarshi norozilik aksiyasi bo‘lib o‘tishi sababli xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mazkur qaror qabul qilingan.
Minora va muzey ma’muriyatlari shu sanaga chipta xarid qilganlarga pullarini qaytarib berishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, «sariq nimchalilar» ommaviy norozilik namoyishlari noyabr oyi o‘rtalarida boshlangan edi. Jumladan, Parijda politsiya va yonilg‘i narxining oshishiga qarshi norozilik bildirayotgan «sariq nimchalilar» o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter