Yevroparlament binosi qarshisida erkak kishi o‘ziga o‘t qo‘yib yubordi

Fransiya ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Strasburgdagi Yevroparlament binosi qarshisida bir erkak o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan.
Xabarga ko‘ra, alban millatiga mansub erkak o‘z ustidan benzin quyib, yoqib yuborgan. U yuz va qo‘llaridan kuchli kuyish jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.
Alban bu ishga nima sababdan qo‘l urgani hozircha noma’lum. Shu kuni Yevroparlament binosi qarshisida gvineyaliklar namoyish o‘tkazishayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter