Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning eng boy kishisi bir haftada $8 mlrd.ga boyidi

Yevropaning eng boy kishisi bir haftada $8 mlrd.ga boyidi

Bernar Arno.

Foto: «Trend»

«Louis Vuitton Moët Hennessy» kompaniyalar guruhi prezidenti, milliarder Bernar Arno hafta davomida 8 milliard dollarga boyidi. Endi uning jami boyligi 122 mlrd. dollar, yozmoqda «Forbes» .

Kronavirus pandemiyasi inqirozidan so‘ng jahon hasham buyumlari bozori tiklanishni boshlagani va LVMH aksiyalari 15-oktyabrdan 22-oktyabrgacha 6 foizga qimmatlashganini kompaniya ma’lum qildi.

«Forbes» yozishicha, bu soha hali inqirozdan qutuldi degani emas, negaki LVMH 15-oktyabrda 2020-yilning o‘n oyida tushum 21 foizga pasayganini ma’lum qilgandi. Ayniqsa, kosmetika, ichimliklar, zargarlik buyumlari va chakana savdodan daromad pasayib ketgan. Biroq kiyim-kechak va charm buyumlar savdosi 2019-yilgidan 12 foizga ko‘paygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring