Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropa shaharlarida veloyo‘lakchalar ko‘payib, mashinalar kamayadigan bo‘ldi

Yevropa shaharlarida veloyo‘lakchalar ko‘payib, mashinalar kamayadigan bo‘ldi

Foto: «Journalismacademy.blogspot.com»

Yevropa shaharlari velosipedchilar uchun infratuzilmani yaxshilashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «YevroPuls» xabar berdi.

Yaqin kelajakda Fransiyaning 100 dan ortiq shaharlari velosipedchilar bilan do‘stona munosabat o‘rnatmoqchi. Parij 650 kilometr yangi veloyo‘lakchalar barpo etishni rejalashtirmoqda. Birinchi bosqich 11-mayda karantin tartibi qisman yengillashtirilganda nihoyasiga yetadi.

Fransiya poytaxti ma’murlari velosiped infratuzilmasini yaxshilashni avval ham rejalashtirishgandi. Meriya 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlarigacha yo‘l chetidagi mashinalar to‘xtash joyini 72 foizgacha qisqartirib, barcha ko‘chalarni velosiped sayri uchun yaroqli holga keltirishga va’da berdi.  Karantin sharofati bilan bu reja tezroq amalga oshiriladi.

Fransiyaning Lill, Ruan, Le-Man va Marsel kabi boshqa shaharlari ham yaqin kelajakda velosiped infratuzilmasini faol rivojlantirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring