Yevropa Marsga ayollar va nogironlarni jo‘natmoqchi
Yevropa kosmik agentligi (ESA) Oyga ekspeditsiya uchun 26 ta fazogirni jalb qilishga hozirlik ko‘rmoqda. Keyinchalik ularni Marsga jo‘natish rejalashtirilgan. Nomzodlarni tanlashda xilma-xillikka e’tibor qaratiladi: ESA o‘z xodimlari orasida ko‘proq ayollar, shuningdek, nogironlar bo‘lishini xohlamoqda, deya xabar berdi «The Guardian».
Yangi fazogirlarni jalb qilish oxirgi 11 yil ichida ilk bor o‘tkazilmoqda va bu kosmik ekspeditsiyalarning tiklanishini anglatadi. Nomzodlar ham parvozlarning faol ishtirokchilari, ham zahiradagi xizmatchilarga aylanishadi. Tanlov dasturi 2022-yil kuzigacha davom etadi. Texnologiyalarning sharofati bilan nogironlarni koinotda ishlashga jalb qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
«Koinotda ishlash haqida gap ketganda hammamiz imkoniyati cheklangan odamlarmiz», — dedi italiyalik fazogir Samanta Kristoforetti.
Kelajakdagi fazogirlardan magistr darajasi hamda ilm-fan, muhandislik, matematika yoki informatika sohasida uch yillik amaliyot va sinovlarga ruhiy tayyorgarlik talab etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter