Yevropa ittifoqi Venesuelaga 40 million dollar beradi
Yevropa ittifoqi qiyin ahvolda qolgan Venesuelaga 40 million AQSh dollari miqdorida yordam beradi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Yevropa ittifoqi komissiyasi a’zolari 40 million dollarlik ko‘makning katti qismi Venesuelada yoki xorijda yashayotgan venesuelaliklarga toza suv va oziq-ovqat yetkazib berish hamda tibbiy xizmatga sarflanishini ma’lum qildi.
Yevropa ittifoqi mutasaddilari shu yil 20-mayda Venesuelada bo‘lib o‘tgan prezident saylovi adolatli bo‘lmagani, shu bois ushbu davlatga sanksiyalar qo‘llash lozimligi aytishmoqda.
Avvalroq Venesuelaga borgan Yevropa ittifoqining insonparvarlik yordami bo‘yicha mas’ul a’zosi Kristos Stilianides: «Venesuelada ko‘plab insonlar birinchi tibbiy yordamga va zarur dori-darmonlarga muhtoj. Bunday fojiaga tomoshabin bo‘lib turolmaymiz», – degan.
Kristos Stilianides Yevropa ittifoqining yordamini Venesuela hukumati a’zolari tortib olmasligi uchun bu ko‘makning BMT va Qizil xoch xalqaro qo‘mitasi orqali tarqatilishini ma’lum qildi.
Venesueladagi iqtisodiy bo‘hron tufayli ko‘plab kishilar chet ellarga ish izlab chiqib ketayapti.
So‘nggi yillarda 4 milliondan ziyod kishi Venesuelani tark etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter