Yevropa Ittifoqi Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini bera olmaydi

Yevropa Ittifoqi Kiyevga xavfsizlik kafolatlarini bera olmaydi, chunki u NATOdan farqli ravishda mudofaa tashkiloti emas. Bu haqda Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar xizmatining Bryusseldagi vakili Peter Stano ma’lum qildi.
«Biz xavfsizlik tashkiloti emasmiz. Bu NATO va alohida davlatlar uchun muhokama mavzusi bo‘lishi mumkin, lekin tashkilot sifatida Yevropa Ittifoqi uchun emas», — deya tushuntirdi Stano.
Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainani turli jihatlar, jumladan, harbiy sohada qo‘llab-quvvatlaydi va qurol-yarog‘ yetkazib berish uchun mablag‘ ajratadi. Ittifoq Kiyev mudofaa ehtiyojlari uchun yiliga 5 milliard yevrogacha yordam berishi mumkin.
Bundan tashqari, Yevrokomissiya yangi reja ishlab chiqdi, unga ko‘ra, ular Ukrainaga 2024-2027 yillar davomida YeI budjetidan grantlar va kreditlar ko‘rinishida yana 50 milliard yevro ajratishga tayyor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter