Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Buchadagi qirg‘in Yevropadagi vahshiyliklar ro‘yxatiga kiritiladi» — Yevropa Ittifoqi

«Buchadagi qirg‘in Yevropadagi vahshiyliklar ro‘yxatiga kiritiladi» — Yevropa Ittifoqi

Foto: Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA

Bu haqda Yevropa Ittifoqining oliy siyosiy organi – Yevropa kengashi saytida e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.

«Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar sonining ko‘pligi, shuningdek, fuqarolik infratuzilmasi vayron bo‘lganligi haqidagi dalillar shafqatsiz urushning asl qiyofasini ko‘rsatadi. Bucha shahri va Ukrainaning boshqa shaharlarida sodir etilgan qirg‘inlar Yevropa zaminida sodir etilgan vahshiyliklar ro‘yxatiga kiritiladi», — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari Kiyev viloyatining Bucha shahridan chiqib ketganidan so‘ng, shaharda tinch aholi vakillarining o‘nlab jasadlari topilgan.

Buchadagi fotosuratlar va videolar mustaqil jurnalistlar tomonidan chop etildi. Kiyev rasmiylari bu qirg‘inda Rossiya harbiylarini aybladi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa bu voqeaga aloqadorligini rad etib, halok bo‘lganlarning fotosuratlari va videolarini «sahnalashtirilgan» deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring