Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq raisligi Avstriyaga o‘tdi

Yevroittifoq raisligi Avstriyaga o‘tdi

Foto: «iz.ru»

Yevroittifoq kengashi raisligi 1 iyuldan boshlab Bolgariyadan Avstriyaga o‘tdi. 30 iyun kuni Avstriyaning Shladming shahrida raislikni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Avstriya kansleri Sebastyan Kurs, Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov va Yevroittifoq prezidenti Donald Tusk ishtirok etdi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qildi.

«Bu biz uchun katta sharaf va ayni damda katta mas’uliyat hamdir. Chunki bilamizki, hozir jahondagi vaziyat ancha qaltis», — deydi Kurs.

Avstriya Yevroittifoqqa olti oy raislik qiladi. U «Himoya qiluvchi Yevropa» shiori ostida o‘tadi. Avstriya 1995 yilda Yevroittifoqqa qo‘shilganidan buyon unga ikki marta, 1998 va 2006 yillarda raislik qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring