Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevroittifoq Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

Yevroittifoq Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi

Yevropa Ittifoqi Eronning yetti nafar yuqori martabali fuqarosiga inson huquqlarini buzganlikda ayblab, sanksiyalar kiritdi.

Bu haqda YeI kengashining rasmiy saytida chop etilgan bayonotda aytilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, Eronga qarshi 9-sanksiya paketi bo‘yicha cheklovchi choralar Isfaxon viloyati bosh prokurori Sayid Muhammad Musaviyan va sud tizimining boshqa vakillari, shuningdek, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi a’zolariga nisbatan qo‘llanilgan. Ular 2022-yilda namoyishchilarni bostirishda zo‘ravonlik ishlatishda ayblanmoqda.

23-iyun kuni Yevroittifoq Eronni Rossiyaga dronlar yetkazib berganlikda ayblab, to‘rtta tashkilotga nisbatan sanksiyalar kiritgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring