YTTB Ukrainadagi loyihalar uchun qo‘shimcha 2 milliard yevro ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Ukrainadagi urushdan bevosita jabr ko‘rganlar uchun 2 mlrd. yevro yordam puli ajratdi.
Bu pullar ukrain kompaniyalariga kredit ko‘rinishida, shuningdek, ular faoliyatini davom ettirish uchun xavfsiz joyga ko‘chirilishiga ishlatiladi.
«Biz Ukraina xalqini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi YTTB prezidenti Odil Reno-Basso.
Bank urushdan so‘ng mamlakat tiklanishi uchun ham bor imkoniyatini ishga solishga va’da berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter