Estoniya «O‘lmas polk» tashkilotchisini mamlakatdan chiqarib yubordi
Estoniya xavfsizlik politsiyasi departamenti «O‘lmas polk» mahalliy aksiyasi tashkilotchilaridan biri Aleksey Yesakovni «xavfsizlik nuqtai nazaridan» mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilganini ma’lum qildi.
Xavfsizlik politsiyasining ta’kidlashicha, Yesakov uzoq yillar davomida «millatlararo adovat qo‘zg‘atgan, Kreml tashviqotini olib borgan... Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzini oqlagan, Sharqiy Ukrainadagi kontrabandada ishtirok etgan».
4-may kuni Rossiyaning Estoniyadagi elchixonasi mamlakatdagi «O‘lmas polk» onlayn rejimida o‘tkazilishini ma’lum qildi.
RIA Novosti eslatishicha, 10-maygacha Estoniyada Georgiy lentalari, Z harfi, Rossiya va SSSR bayroqlari, shuningdek, sovet harbiy formalaridan foydalangan holda ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazish taqiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter