Eronda IShID jangarilari qo‘lga olindi
Eron xavfsizlik kuchlari mamlakat janubi-g‘arbida IShID jangarilaridan bir guruhini hibsga oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Eron axborot vazirligi – IRI rahbari Mahmud Alaviyning aytishicha, terrorchi guruh Suriyada tugatilganidan keyin Eronda o‘z faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan.
Guruh a’zolari 4 kishi bo‘lib, mamlakatning bir necha tumanlarida qo‘poruvchilik uyushtirmoqchi bo‘lishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter