AQSh kuchlari Eronga zarbalar berdi

AQSh havo kuchlari Eronga zarba berdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiylari Erondagi uchta yadroviy ob’yekt — Fordo, Natanz va Isfahonga havo hujumi uyushtirganini aytdi.
"O‘q-dorilarning to‘liq to‘plami asosiy hudud— Fordoga tashlandi. Biz Eronning uchta yadroviy ob’yektiga juda muvaffaqiyatli zarbalar berishni yakunladik. Shonli amerikalik jangchilarimizni tabriklaymiz. Dunyoda buni uddalay oladigan boshqa harbiy yo‘q", — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Shuningdek, u AQSh samolyotlari Eron havo hududini allaqachon tark etgani va bazalariga qaytayotganini ta’kidladi. "Endi tinchlik vaqti", deya qo‘shimcha qildi u.
Tramp Eronning yadroviy ob’ektlariga berilgan zarbalarni Qo‘shma Shtatlar, Isroil va butun dunyo uchun "tarixiy lahza" deb atadi. Eron endi urushni tugatishga rozi bo‘lishi kerak, deydi Tramp.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter