Eronda «Instagram»ga behayo suratlar joylashtirgan 46 kishi hibsga olindi
Eronda «Instagram»ga behayo suratlar joylashtirgan 46 kishi hibsga olindi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Eron politsiyasi mamlakat janubidagi Bandar Abbos shahrida uyushtirgan operatsiya jarayonida «Instagram»ga behayo suratlar joylashtirgan 46 kishi hibsga olindi. Ulardan 8 nafari ayollardir.
Ushlanganlarning aksariyati fotomuxbir, sartaroshxona va to‘yxona xodimlari ekani ma’lum bo‘ldi.
Eronda ijtimoiy tarmoqlardan «Facebook» va «Twitter» 2009-yilda taqiqlangan edi. Lekin, shunga qaramay, Eronning diniy rahnamosi Oyatulloh Humayniyning rasmiy «Twitter»i ishlab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter