Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda harbiy samolyot halokatga uchradi

Eronda harbiy samolyot halokatga uchradi

Foto: «Haber7.com»

Eronning janubiy-g‘arbidagi Huziston viloyatida «F-5» rusumli harbiy samolyot halokatga uchradi, deya xabar beradi «Haber7.com».

«IRNA» axborot agentligining ma’lum qilishicha, uchuvchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Uning yordamchisi esa og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Samolyot qo‘nayotib halokatga uchragan.

Eron 1979 yili AQShdan «F-5» samolyotlarini sotib olgan edi. Ulardan 48 tasidan hanuzgacha foydalaniladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring