Eronda halokat yuz berdi: qurbonlar bor
Eron janubi-sharqida joylashgan konda o‘pirilish yuz berdi. Hodisa oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda tibbiyot xodimlariga tayanib «Fars» agentligi xabar bergan.
Noxush voqea Kerman provinsiyasida joylashgan Xodjedk shahar hududida sodir bo‘lgan. Agentlikning ma’lum qilishicha, yana bir kishi jarohatlangan. U shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter