Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda bayram yana azaga aylandi

Eronda bayram yana azaga aylandi

Eronda Chaharshanbe-Suri bayrami chog‘ida ko‘chalarda gulxan yoqish va pirotexnika vositalaridan foydalanish natijasida kamida 26 kishi halok bo‘ldi, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlandi.

Chaharshanbe-Suri – Eronda Navro‘z arafasidagi qadimiy olov bayrami hisoblanadi. Bu bayram kalendar yilining oxirgi chorshanbasiga o‘tar kechasi nishonlanadi (Eronda chorshanba «chaharshanbe» deb talaffuz qilinadi), lekin bayramlarning o‘zi ikki-uch hafta oldin boshlanadi.

An’anaga ko‘ra, eronliklar shirin va nordon yong‘oqlarning maxsus aralashmasini iste’mol qiladilar va kechqurun ular ko‘chalarda gulxan yoqib, ular ustidan sakrab o‘tishadi. Zamonaviy bayram urf-odatlari pirotexnika vositalaridan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi.

O‘tgan yili ushbu bayramlar chog‘ida 700 dan ortiq kishi jarohatlangan, kamida 17 kishi halok bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring