Eronda avtobus jarga qulashi natijasida 19 kishi hayotdan ko‘z yumdi
![Eronda avtobus jarga qulashi natijasida 19 kishi hayotdan ko‘z yumdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2449015912.jpg)
Eronning Mozandaron viloyatida avtobus yo‘l transport hodisasiga uchrashi natijasida 19 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 24 kishi turli darajada jarohatlandi. Bu haqda «Mehr» agentligi xabar bergan.
Hodisa payshanba kuni erta tongda sodir bo‘lgan. Avtobus ag‘darilib ketgan va jarlikka qulagan.
Shikastlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter