Eron zarbasi natijasida shifoxonaga tushgan amerikalik harbiylar soni tasdiqlandi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Pentagon esa harbiylar orasida jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qilgandi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM)ning tasdiqlashicha, Eron amerikaning Iroqdagi bazalarini o‘qqa tutishi natijasida 11 nafar harbiy jarohatlangan.
«Defense One» nashrining yozishiga qaraganda, 8-yanvardagi raketa hujumi oqibatida 11 nafar amerikalik harbiy zarar ko‘rgan. Ularda bosh miya chayqalishiga gumon bor. Ta’kidlanishicha, harbiylar bosh miya chayqalishini davolash va to‘liq tekshiruvlardan o‘tish uchun Germaniyadagi Landshtul va Quvaytdagi gospitallarga ko‘chirilgan.
«Harbiylar Iroqqa qaytib kelib xizmatni davom ettirishidan umid qilmoqdamiz», — deydi CENTCOM kapitani Bill Erban.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter