Eron ilk gipertovushli raketasini yaratdi

Eronning Tasnim agentligi xabar berishicha, mamlakat tarixidagi birinchi gipertovushli ballistik raketa ishlab chiqildi.
Eron islom inqilobi posbonlari korpusi havo-fazo kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Hojizodaning ta’kidlashicha, bu raketa barcha himoya tizimlarini muvaffaqiyatli yorib o‘tadi.
«Yangi raketa raketadan himoyalanish bo‘yicha barcha himoya tizimlarini yorib o‘tishga qodir. Yaqin o‘n yillarda unga qarshi turib bera oladigan texnologiya yaratilishiga shubham bor», — dedi Hojizoda.
Raketa aynan dushmanning raketaga qarshi tizimlarini yo‘q qilish uchun mo‘ljallanganini aytgan qo‘mondon bu katta qadam bo‘ldi, dedi.
Avvalroq The Drive Eronning «Fotih-10» va «Zulfiqor» ballistik raketalari nishonga o‘ta aniq urishi haqida yozgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter