Yerevanda xalq mamlakatni KXShTdan chiqishini talab qilib miting o‘tkazmoqda (video)
Yerevandagi «Fransiya» maydonida armanistonliklar Ozarbayjon bilan chegarada vaziyat keskinlashgani munosabati bilan mamlakatning KXShTdan chiqishini talab qilmoqda.
«Novosti-Armeniya» nashrining xabar berishicha, aksiyaning ko‘plab ishtirokchilari tadbirdi «Xayr KXShT, salom MNNA» (Major Non-NATO Ally (ing.) – «NATO tashqarisidagi asosiy ittifoq», bunda alyansdan tashqaridagi AQSh ittifoqchilari tushuniladi, -tahr.) yozuvli shiorlarini ko‘tarib chiqishgan.
Miting AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Armanistonga tashrifi fonida o‘tkazilyapti. Pelosi Kongress nomidan o‘tkazilgan brifingda Ozarbayjonning harakatlarini qoralashini aytgandi. U, shuningdek, Armanistonni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
U Armaniston Milliy majlisi raisi Allen Simonyan bilan uchrashuvdan keyingi brifingida: «Armaniston biz uchun muhim ahamiyatga ega va biz Ozarbayjonning halokatli hujumini qoralaymiz», – deb bayonot berdi.
Ayni paytda, general-polkovnik Anatoliy Sidorov boshchiligidagi KXShT missiyasining ilg‘or guruhi Armanistonda ekanligi aytilmoqda.
Avvalroq Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan KXShTning Ozarbayjon bilan mojaroga munosabatidan hafsalasi pir bo‘lganini ma’lum qilgandi.
«KXShT Armanistonning ikki kun avval Ozarbayjon bilan mojaro paytida yuborilgan yordam talabini bajarmadi. Endi KXShT Yerevan blokni tark etish imkoniyatni istisno qiladimi degan savoldan xavotirlanishi kerak», – degan edi u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13-sentyabrga o‘tar kechasi arman-ozar harbiylari o‘rtasida chegarada otishma yuz bergan edi.
Armaniston tomoni to‘qnashuvda qurbon bo‘lgan harbiylar sonini 105 nafarga yetganini bildirgan. Ozarbayjonlik harbiylarning esa 50 nafari mojaro chog‘ida halok bo‘lgani ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter