Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on prezidentlikdan qachon ketishini ma’lum qildi

Erdo‘g‘on prezidentlikdan qachon ketishini ma’lum qildi

Turkiyada 31 mart kuni bo‘lib o‘tadigan munitsipal saylovlar mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchun oxirgi saylov bo‘ladi. Bu haqda Turkiya yetakchisi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

«Men uchun bu yakun. Bu saylov mening qonun tomonidan berilgan vakolat doirasidagi oxirgi saylovimdir», dedi Erdo‘g‘on uchrashuvda.

Munitsipal saylovlar doirasida mamlakatdagi munitsipalitetlar rahbarlari uchun ovoz berish bo‘lib o‘tadi. Ular hukmron partiya uchun juda muhim, chunki hozir eng yirik shaharlar – Istanbul va Anqarada muxolifat hokimiyat tepasida.

2023 yil 28 may kuni bo‘lib o‘tgan Turkiya prezidentligi saylovlarining ikkinchi bosqichida Erdo‘g‘on g‘alaba qozondi. U 52,18 foizdan ortiq ovoz to‘plagandi. Uning raqibi Kamol Qilichdoro‘g‘li so‘nggi saylovlarni adolatsiz deb atadi, ammo mag‘lubiyatini tan oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring