Erdo‘g‘on darg‘azab: niderlandiyalik siyosatchini jinoiy javobgarlikka tortishni talab qilmoqda
Bugun, ya’ni 27-oktyabr kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Niderlandiya ozodlik partiyasi yetakchisi Gert Vildersning xatti-harakatlari ustidan respublika bosh prokuraturasiga arz qildi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar berdi.
Avvalroq Vilders «Twitter»da Turkiya prezidenti karikaturasi tushirilgan postni joylab, uni terrorchi deb atagandi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Turkiya prezidenti advokatlaridan biri Huseyn Aydin tomonidan prokuraturaga yuborilgan shikoyatda Vilders tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan karikaturaning so‘z erkinligi tushunchasi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi bildirilgan. Erdo‘g‘on niderlandiyalik siyosatchiga qarshi «Turkiya prezidenti sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishini talab qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter