Yerdan yaxshiroq sayyoralar topildi
Amerikalik astrobiologlar yashash sharoiti Yerga nisbatan yaxshiroq bo‘lgan o‘nlab sayyoralarni topishdi. Ushbu tadqiqot natijalari «Astrobiology» jurnalida chop etilgan.
Olimlar Yerga qaraganda kattaroq, ko‘hnaroq, namroq, iliqroq, yashash uchun yaroqli sayyoralarni aniqlashdi. Ular Quyoshga qaraganda ko‘proq «yashaydigan» va unchalik faol bo‘lmagan yulduzlar atrofida aylanishadi. Bu nomzod sayyoralar Yerdan yuz yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jeyms Uebb nomli kosmik teleskopning 2021-yil kuzda ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Uning yordamida sayyoralar haqida kengroq ma’lumotlar olish imkoni tug‘iladi.
Tadqiqotchilar bizga mos keladigan ekzosayyorani Yerga o‘xshash sayyoralar orasidan izlashmoqda: ular o‘z yulduzlariga yaqin joylashishi hamda unda suyuq suv bo‘lishi zarur. Yulduzlar sovuq G- va K-yulduzlariga mansub. To‘g‘ri, ular Quyosh kabi issiq va yorqin emas, lekin unga nisbatan kattaroq. K-yulduzining umri 20-70 milliard yilga yetadi. Biroq sayyoralar haddan tashqari eski ham bo‘lmasligi kerak. Aks holda geologik faolliklar va himoyalovchi geomagnit maydonlari yo‘qligi bois tirik organizmlar uchun sharoit yuzaga kelmaydi. Tadqiqotchilar fikricha, eng maqbul yosh — 5-8 milliard yil.
Yerdan 10 foiz katta sayyoralar yashash uchun qulayroq. Ularning yer ostida radioaktiv parchalanishlar uzoqroq davom etadi, shu bois ichki iliqlikni ko‘proq saqlaydi. Shuningdek, ular kuchli gravitatsiyaga ega.
Olimlar 24 ta nomzod orasidan astrobiologlar belgilab bergan to‘rtta mezonga egalik qiluvchi sayyorani aniqlashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter