Epidemiya sharoitida yashash uchun shahar quriladi — Xitoy
Xitoy epidemiyalar sharoitida yashash hisobga olingan shahar qurmoqchi. Bu haqda «ArchDaily» xabar berdi.
Bu shaharda, xususan, uylarning tomlarida meva-sabzavot yetishtiriladigan issiqxonalar, quyosh panellaridan quvvat oluvchi batareyalar bo‘ladi. Har bir uy ichimlik suvini maxsus texnologiya vositasida yomg‘ir suvidan ajratib oladi.
Uylarning birinchi qavatlaridan kovorkinglar, 3D-printerlar o‘rin oladi. Bu yerda ikkilamchi xom ashyodan kerakli narsa-buyumlar yasaladi.
Syunan nomli «epidemiyaga qarshi» birinchi shahar Xitoy poytaxti Pekindan 100 kilometr uzoqlikda quriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter