YOII: ishsizlik darajasi qaysi mamlakatda eng yuqori?
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati 10 avgust kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, Armaniston — Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII)dagi ishsizlik darajasi eng yuqori mamlakat.
Ushbu Kavkaz mamlakatida yashovchi mehnatga yaroqli aholining 4,2 foizi ishsiz.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Qirg‘iziston — mehnatga yaroqli aholisining 2,9 foizi yoki 75,2 ming nafari ishsizlar ro‘yxatida.
Keyingi o‘rinlarda: Qozog‘iston — 2,2 foiz, Rossiya — 0,9 foiz va Belarus — 0,2 foiz. YOII mamlakatlarida ishsizlik darajasi o‘rtacha — 1,1 foiz (1 026,6 ming kishi), deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter