Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng raqobatbardosh mamlakatlar reytingi yangilandi

Eng raqobatbardosh mamlakatlar reytingi yangilandi

Foto: «IMD»

Xalqaro boshqaruvni rivojlantirish instituti (International Institute for Management Development) mamlakatlarining raqobatbardoshligi an’anaviy reytingini e’lon qildi.

Singapur — 2019-yilgi eng raqobatbardosh mamlakat. Mo‘’jazgina mamlakat yuqori texnologik infratuzilma va o‘ta malakali kadrlarga ega. Shu jihatdan yondashganda reytingda yonma-yon Gonkongni (2-o‘rin) uchratishdan ajablanmasak ham bo‘ladi. Qolaversa, Gonkongning «juda soz soliq siyosati» bor.

Osiyoning ikki mitti mamlakatini ummonorti giganti — AQSh ta’qib qilmoqda. Qo‘shma Shtatlarni aynan shu ikkovlon o‘tgan yilgi pozitsiyasidan mahrum etishgan. Ammo «ayb» AQShning o‘zida: neft narxining ko‘tarilib ketishi, dolar kursining «o‘ynab» turishi, yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportining qisqarishi,... xullas, amerikaliklar uchinchi o‘rin bilan qanoatlanib turishiga to‘g‘ri keladi.

Qolganlar (top-10) quyidagi ro‘yxatda.

 

To‘liq ro‘yxat bu yerda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring