Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng korrupsiyalashgan vazirliklar e’lon qilindi — Qozog‘iston

Eng korrupsiyalashgan vazirliklar e’lon qilindi — Qozog‘iston

Foto: Zakon.kz

2022-yilning yanvar-avgust oylari mobaynida Qozog‘istondagi vazirliklarning 111 xodimi korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarda qo‘lga tushdi, deb yozdi Zakon.kz.

O‘tgan yil bilan solishtirilganda, vazirliklarda korrupsion jinoyatlar 20,7 foizga o‘sgan.

Vazirliklar orasida «korrupsiya bo‘yicha chempion» — moliya vazirligi: o‘tgan yili 31 xodimi ushlangandi, bu yilgisi — 33 nafar.

Korrupsiyaga botish borasida keyingi o‘rinlarda: mudofaa vazirligi (22 xodim, o‘tgan yilga nisbatan +83,3 foiz), qishloq xo‘jaligi vazirligi (16 xodim, +23,1 foiz) sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi (16 xodim, o‘tgan yilga nisbatan 5,3 baravar ko‘p!).

Yuqoridagi jinoyatlarni sodir etganlarning 69,4 foizi yoki 77 nafari — pora olgan, 14 nafari — korrupsion firibgarlikni sodir etgan, 7 nafari — o‘z vakolatini suiiste’mol qilgan, 6 nafari — pora bergan, 5 nafari — ishonib topshirilgan begona mulkni o‘zlashtirgan yoki «yeb yuborgan».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring