Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p foyda olgan kompaniyalar reytingi tuzildi

Eng ko‘p foyda olgan kompaniyalar reytingi tuzildi

Foto: «Glassdoor.com»

«Fitch Ratings» agentligi eng ko‘p foyda olayotgan jahon kompaniyalari top-reytingini tuzdi. Bu haqda «Bloomberg» yozmoqda.

Xalqaro reyting agentligi mutaxassislari fikricha, Saudiya Arabistonining «Aramco» davlat neft kompaniyasi 2019-yilning eng ko‘p foyda olgan kompaniyasi. Arab gigantining soliqqacha bo‘lgan foydasi — 242 mlrd. dollar.

Amerikanining «Apple» kompaniyasi $81,8 mlrd. ko‘rsatkich bilan ikkinchi, Janubiy Koreyaning «Samsung Electronics» kompaniyasi esa $77,6 mlrd. natija bilan uchinchi o‘rinda.

Britan-niderland neft-gaz kompaniyasi «Royal Dutch Shell» to‘rtinchi ($53,3 mlrd.), AQShning «Alphabet» («Google») xoldingi hamda «ExxonMobil» neft kompaniyasi beshinchi pog‘onadan joy oldi (har ikkisining foydasi — $40,4 mlrd.dan).

E’tiborli jihat: «top-5» dagi oltita kompaniyaning uchtasi neft-gazga, uchtasi axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring