Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston banklari o‘tgan yilni qancha foyda bilan yakunlagani aytildi

O‘zbekiston banklari o‘tgan yilni qancha foyda bilan yakunlagani aytildi

Markaziy bank 2022-yil yakuni bo‘yicha Banklarning moliyaviy holati to‘g‘risidagi hisobotida mamlakat banklarining o‘tgan yilni qancha foyda bilan yakunlaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishcha, 2022-yil yakuni bo‘yicha tijorat banklarida sof foyda 10 trln so‘mni tashkil etgan.

Bunda, banklar tomonidan 2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida 95 trln so‘m miqdorida daromadlar olinib, 85 trln so‘mlik xarajatlar amalga oshirilgan. Natijada, kapital rentabelligi ko‘rsatkichi 13,3 foiz, aktivlar rentabelligi esa 2,5 foiz darajasida shakllangan.

Shuningdek, bank operatsion faoliyati samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan Operatsion samaradorlik (CIR) ko‘rsatkichining xalqaro amaliyotda maqbul darajasi 50 foiz atrofida qabul qilingan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich bank tizimida 33 foizni tashkil etgan. Bunda, tizimning operatsion xarajatlari 15 trln so‘mni hamda operatsion daromadlari (sof foizli va foizsiz daromadlar) 46 trln so‘mni tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring