Eng ko‘p daromad oluvchi aktyorlar reytingi e’lon qilindi
![Eng ko‘p daromad oluvchi aktyorlar reytingi e’lon qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/4/1/720_460_95_411266913.jpeg)
«Forbes» jurnali amerikalik aktyor Jorj Klunini 2018 yilning eng ko‘p daromad olgan aktyori deb topdi.
Ta’kidlanishicha, Kluni o‘zining «Casamigos Tequila» kompaniyasini sotgan va shu orqali uning daromadi umumiy 233 mln. dollarga ko‘paygan.
Reytingdan ikkinchi o‘rinni 124 mln. dollar daromad Dueyn Jonson egallagan. Uchinchi o‘rin esa 81 mln. dollar bilan Robert Dauni-kichkinaga nasib etdi. U eng katta daromadini «Qasoskorlar: Abadiyat jangi» filmi orqali qo‘lga kiritgan.
Avvalroq amerikalik aktrisa Skarlett Yoxansson eng ko‘p daromad topgan aktrisa deb topilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter