Eng ko‘p bron qilinayotgan sayyohlik yo‘nalishlari aniqlandi

«Expedia Group» ekspertlari 2022-yilning birinchi choragida sayyohlar tomonidan eng ko‘p bronlangan yo‘nalishlarni aniqlashdi.
Las-Vegas, Nyu-York, Chikago va London singari yirik shaharlar hamda Kankun, Punta-Kana, Gonolulu va Mayami plyajlari jahondagi eng ko‘p band qilingan turizm yo‘nalishlari bo‘ldi.
Las-Vegas 2021-yilning uchinchi va to‘rtinchi choragida 1-o‘rinda turgan Nyu-Yorkni ortda qoldirib, NORAM (Kanada, AQSh va Meksikadan iborat iqtisodiy mintaqa) yetakchisiga aylandi. Uch chorakdirki, Nyu-York bron qilinish bo‘yicha yetakchi o‘nlika kirmoqda.
Qolgan mintaqalarning yetakchilari:
- Tokio (APAC: Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yaponiya);
- London (EMEA: Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika);
- Mexiko (LATAM: Lotin Amerikasi).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter