Endi Kanadada otishma: yetti kishi jarohatlandi

Kanadaning Toronto shahriga tutash Shimoliy York shaharchasidagi «District 45» tungi klubiga noma’lum shaxs o‘tochar qurol bilan hujum qildi. Yetti kishi o‘qdan yaralangani aytilmoqda.
Hodisa 5-avgust kechasi ro‘y bergan. Klubga hujum chog‘i bu yerda taxminan 250 kishi bo‘lgan.
Jarohatlanganlardan birining ahvoli yomonligi ma’lum qilingan.
Mavzuga oid: «Qonli yakshanba». Amerikadagi otishmalarda kamida 29 kishi qurbon bo‘ldi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter