Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yelizaveta II taxtga o‘tirganiga 70 yil to‘ldi

Yelizaveta II taxtga o‘tirganiga 70 yil to‘ldi

Foto: «Telegra.ph»

Bugun, 6-fevral sanasida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II taxtga o‘tirganiga 70 yil to‘ldi.

Yelizaveta otasi Georg VI vafot etgan kun — 1952-yilning 6-fevralida britan qirolichasiga aylangan.

Bu yil 96 yoshni qarshilovchi Yelizaveta II 70 yillik (platina) yubileyini nishonlagan tarixdagi ilk britan monarxi.

«Tumanli Albion»da fevral oyi ob-havosi injiqligi sababli, bayram tantanalari yoz faslida o‘tkaziladi. Odatda britan monarxlari tug‘ilgan kunlarini ham, qachonligidan qat’i nazar, faqat yozda bayram qilishadi.

Platina yubileyi munosabati bilan yil davomida Britaniyada bayram tadbirlari o‘tkaziladi, 2-iyundan 5-iyungacha davom etuvchi «Yubiley dam olish kunlari» esa, shubhasiz, bu ayyom tortining bezagiga aylanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring