Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekvadorda prezident va amaldorlarning maoshi teng yarmiga qisqartirildi

Ekvadorda prezident va amaldorlarning maoshi teng yarmiga qisqartirildi

Foto: «teleSUR English»

Ekvadorda koronavirus infeksiyasi kuchayib borayotgan bir vaziyatda prezident va boshqa rahbarlarning maoshini ikki baravarga qisqartirishga qaror qilishdi.

«Men prezident, vitse-prezident, vazirlar va vazirlar o‘rinbosarlarining oylik ish haqlarini 50 foizga qisqartirishga qaror qildim. Shuningdek, barcha amaldorlar va parlamentariylar ham shunday qilishadi», — dedi Ekvador rahbari Lenin Moreno.

Ma’lumot uchun: Ekvadorda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 7466 ta holat aniqlandi, qurbonlar soni — 333 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring