Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini tayyorlayapti

YI Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini tayyorlayapti

Foto: «Newsnpr»

Yevropa ittifoqi Ukrainaga hujum qilgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini tayyorlayapti. Bu haqda Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bugun, 17-aprel kuni «Bild am Sonntag»ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Yevrokomissiya hozir aqlli mexanizmlar ishlab chiqarish jarayonida, ularning qo‘llanilishi natijasida navbatdagi sanksiyalar Rossiya neftini ham qamrab oladi, dedi Ursula fon der Lyayen.

Shuningdek, Yevrokomissiya rahbari yangi paket sanksiyalari Rossiya bank sektoriga ham qaratilishi mumkinligiga urg‘u berdi.

«Ayniqsa, ushbu sektorning 37 foizini tashkil etuvchi Sberbankni o‘rganyapmiz», — dedi u.

Bryussel energetika bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqmoqda.

«Meduza» nashri yozishicha, Rossiyaning eng yirik banki «Sberbank» hozircha sanksiyalarga tushmagandi, chunki «Gazprombank» bilan birgalikda Rossiya nefti va gazi hisob-kitoblari uchun asosiy kanallardan hisoblanadi. Yevroittifoq shu paytgacha Rossiyaga sanksiyalarning beshta paketini qo‘llagan. Rus banklaridan «VTB», «Otkritiye», «Novikombank» va «Sovkombank» yevrosanksiyalarga tushgan, ular SWIFT tizimidan uzib qo‘yilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring