Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YI Rossiyaga qarshi 10-sanksiyalar paketini urushning bir yilligida kiritadi

YI Rossiyaga qarshi 10-sanksiyalar paketini urushning bir yilligida kiritadi

Foto: RBK

Rossiyaga qarshi 10-sanksiyalar paketi 24-fevral kuni joriy etiladi. Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bu haqda bayonot berdi.

24-fevral kuni Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritganiga roppa-rosa 1 yil to‘ladi.

Yevrokomissiya raisi ayni paytda Kiyevda.

«Biz G7 bo‘yicha hamkorlarimiz bilan Rossiya neft mahsulotlari uchun qo‘shimcha cheklovlarni o‘rnatishni rejalashtirganmiz. 24 fevralda — bosqin boshlanganiga bir yil to‘lganida 10-sanksiyalar paketimiz tayyor bo‘ladi», — dedi Ursula fon der Lyayen prezident Vladimir Zelenskiy bilan birgalikda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, sheriklari bilan hamkorlikda «Rossiya davlat aktivlaridan Ukraina manfaatlari yo‘lida foydalanish yo‘llarini» ham o‘rganyapti.

Yevrokomissiya raisining ta’kidlashicha, amaldagi sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini «yemirib», uni ortga uloqtirib tashlaydi. Neft narxiga joriy etilgan «potolok» ortidan Moskva kuniga 160 mln yevro zarar ko‘ryapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring