Egey taomnomasi (foto)
2024 yilning 21-27 may kunlari butun dunyo bo‘ylab Turk oshxonasi haftaligi nishonlanadi.
Haftalik davomida barqaror turk oshxonasining mazali, sog‘lom, an’anaviy va chiqindisiz retseptlari namoyish qilinadi. Bu yilgi xalqaro tadbirlarda mamlakat tarixi, madaniyati va tabiatining jonli uyg‘unligini aks ettiradigan turk gastronomiyasining Egey uslubidagi taomnomasi taqdim etiladi.
Turkiyaning yashil va moviy rangli Egey dengizi sohillari o‘zining muhtasham manzarasi, chuqur ildiz otgan tarixi va sog‘lom ovqatlanish madaniyati bilan e’tiborni tortadi. 2010 yilda YuNESKO O‘rta yer dengizi parhezini insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida tan oldi. Ushbu qirg‘oq hududlari artishok, qovoq gullari, mahalliy o‘tlar va dengiz mahsulotlariga boydir.
Egey mintaqasi uzoq umr siri bo‘lgan asrlik zaytun daraxtlari va sog‘lom zaytun moylari bilan ham mashhur. Onado‘lining eng qadimgi zaytun moyi ustaxonasi joylashgan Urladagi qadimiy Klazomenaidagi topilmalar bugungi kunda ham qo‘llanilayotgan zaytunni qayta ishlash usullarining 2600 yillik tarixga egaligidan dalolat beradi.
Turkiyaning Egey mintaqasi mazali zaytun moyi mahsulotlari va uning atrofidagi uzumzorlari, unumdorligi bilan ajralib turadi. So‘nggi yillarda mintaqada ochilgan restoranlarda oshpazlik mo‘’jizalarini yaratib, yaqin atrofdagi dalalarda yetishtirilgan mahsulotlarni barqaror ishlab chiqarish usullari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturxonga tortadigan innovatsion oshpazlar faoliyat yuritmoqda.
Egey taomnomasi orasida zaytunlar va pishloqlar, tarhana sho‘rva, loviya bo‘tqasi, mujver, zaytun moyli yangi loviya, bulg‘or qalampirli do‘lma, yupqa va boshqa xamirli taomlar, karides guvech, Izmir usulubidagi qiymali katlet, sutli va quritilgan anjir shirinligi, achchiq bodom sharbati, qovun urug‘i sharbati o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter