Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning sayyohlarga eng to‘lib-toshgan joyi aniqlandi

Dunyoning sayyohlarga eng to‘lib-toshgan joyi aniqlandi

Foto: «Travelask»

«Columbus Direct» tadqiqot kompaniyasi ekspertlari dunyodagi sayyohlarga eng to‘la joy reytingini chop etdi. To‘liq ro‘yxat bilan tashkilotning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin. Bu haqda «Rambler» xabar bergan.

Mutaxassislar reytingni tuzishda kuniga bir kvadrat mil joyga to‘g‘ri keladigan sayyohlar sonini hisobga olishdi. Buni qarangki, sayyohlarga eng to‘la joy Tailanddagi Pxuket oroli hisoblanar ekan. U yerda har bir kvadrat milga (1 kvadrat mil =  2.58999 kvadrat kilometr) taxminan besh mingta tashrif buyuruvchi to‘g‘ri kelarkan.

Ikkinchi pog‘onani Palma shahri egalladi. U yerda kuniga har bir kvadrat milga o‘rtacha 2,9 mingta sayyoh to‘g‘ri keladi. Uchinchi o‘rinni Pattayya (2,7 ming sayyoh), to‘rtinchi o‘rinni esa Parij (taxminan mingta sayyoh) egalladi.

Bundan tashqari, sayyohlar to‘lib-toshadigan top-10 talikka Barselona (605 ta sayyoh), Kuala-Lumpur (367 ta sayyoh), Milan (344 ta sayyoh), Osaka (268 ta sayyoh), Singapur (127 ta sayyoh) va Nyu-York (119 ta sayyoh) kiritilgan.

Sentyabrda Bangkok — 2018-yil dunyoning odamlar eng ko‘p tashrif buyurgan shahri bo‘lgani aniqlangandi. Bir yil ichida Tailand poytaxtiga 22,78 million sayyoh kelgan. Ular shaharda jami 20,03 milliard dollar sarflashgan. Reytingdagi ikkinchi o‘rinni Parij egallagandi — 2018-yili u yerga 19,1 million sayohatchi kelib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring