Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng boy podsholari va ularning boyliklari (foto)

Dunyoning eng boy podsholari va ularning boyliklari (foto)

Foto: «Zen.yandex.ru»

Ko‘pincha monarx faqat oliy hokimiyatga ega emas, balki barcha masalalarga ta’sir ko‘rsatadigan davlat nazoratiga ham ega bo‘ladi. Ba’zi hollarda, hokimiyat uning nomidan birlashtiriladi, unvon va davlat meros bo‘lib qoladi, voris oiladan tan olingan e’tiqodlar asosida tanlanadi. Bu bilan mamlakat ancha mablag‘ni tejashga muvaffaq bo‘ladi.

Bugungi maqolada dunyoning eng boy qirollari, ularning jamg‘armalari nimalardan iboratligi bilan tanishasiz.

Tailand qiroli

Moliyaviy holati: 43 milliard dollar

Maxa Vajiralongkorn – Tailandning hozirgi hukmdori va dunyoning eng boy qiroli.

O‘tgan asrning 70-yillarida otasi uni taxt vorisi sifatida e’lon qildi, vafotidan so‘ng, 2016-yil oxirida, Maxa Rama X nomli Chakri oilasining o‘ninchi hukmdori bo‘ldi. Tailand taxtiga o‘tirganda u atigi 20 yoshda edi va u uzoq vaqtdan beri hukmronlik qilib kelmoqda.

Bruney sultoni

 

Moliyaviy holati: 28 milliard dollar

Bruney sultoni (sulton Hasanal Bolkiah) nafaqat Bruneyning 29-sultoni va Yan Di-Pertuani, balki birinchi bosh vazir hamdir. Uning otasi hokimiyatdan ketganidan so‘ng Hasan Bolkiah 1967-yilda sulton bo‘ldi. Hukmdor qal’asi, qiymati 350 million dollar, dunyodagi eng katta binolardan biridir. Sulton mashinalarni, ayniqsa, Rolls-Royceni yaxshi ko‘radi, bu kabi mashinalar sultonda 600 dan ortiq. Dunyoning turli burchaklarida sulton uchun qurilgan maxsus binolar bor.

U o‘z boyligini Bruneyda ko‘p miqdorda ishlab chiqariladigan neft va gaz savdosidan to‘plagan.

Saudiya Arabistoni qiroli

 

Moliyaviy holati: 18 milliard dollar

Uning ismi Salmon bin Abdul Aziz Al Saud. U 2015 yilda taxtga o‘tirgan, Saudiya Arabistoni bosh vaziri va ikkita muqaddas masjidning qo‘riqchisi. U 48 yil davomida Ar-Riyodning o‘rinbosari va oxir-oqibat ma’muriyatini boshqargan. Qolaversa, u mudofaa vaziri bo‘lgan va akasi vafotidan keyin valiahd shahzoda deb atalgan.

Qirolning boyligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy Asharq Al-Awsat va Al Eqtisadiah gazetalarini o‘z ichiga olgan media kompaniyaga tegishli.

Birlashgan Arab Amirliklari qiroli

 

Moliyaviy holati: 15 milliard dollar

Amir Xalifa bin Zoid Al Nahayon – BAA Prezidenti, Abu-Dabi amiri, Oliy qo‘mondon va san’at homiysi. U federatsiya prezidenti o‘rnini egalladi va otasining o‘rniga o‘tirdi. Birlashgan Arab Amirliklarining neft zaxiralarini boshqargan Abu-Dabidagi sarmoyalarni nazorat qilish boshlig‘i sifatida u o‘z boyligini to‘plagan.

Lixtenshteyn shahzodasi

 

Moliyaviy holati: 7,2 milliard dollar

U Troppau va Yegerndorf gersogi hamda graf Ritberg nomi bilan mashhur. Shahzodaning boyligi uning xususiy bankka egaligi va gersog jamg‘armasi ishtirokida qilingan sarmoyalar bilan bog‘liq.

Marokash qiroli

 

Moliyaviy holati: 5,8 milliard dollar

Uning ismi Muhammad Vi, u nafaqat qirol, balki tadbirkor hamdir. U madaniyatni juda qadrlaydi, shuning uchun u har doim o‘z xalqiga ona tili juda qadrli ekanligini aytadi.

U valiahd shahzoda va taxt vorisi deb tug‘ilishidanoq tan olingan va 1999-yil yozida oldingi hukmdor, otasi vafotidan keyin o‘z lavozimini egallagan.

Qirol oilasi ularning asosiy sarmoya manbai bo‘lgan bank sohasida faoliyat yurituvchi National Investment Group investitsion xolding firmasiga egalik qiladi.

BAA amiri

 

Moliyaviy holati: 4,5 milliard dollar

Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri faoliyat yuritadi. Dubayning globallashuvida bu odamning xizmati juda kattadir. Hukmdor shaxsiy boyligidan tegishli ulushini xayriya ishlariga sarflagan.

Qatar qiroli

 

Moliyaviy holati: 2,4 milliard dollar

Uning ismi – Tamim bin Hamad bin Xalifa Al Soniy. U Fors ko‘rfazi mamlakatlari orasida eng yosh podshoh va dunyodagi eng yosh hukmdor hisoblanadi. U otasi taxtdan voz kechgandan keyin Qatarning beshinchi amiri bo‘lib ish boshlagan. Hukumat ishlarini bajarishdan oldin u mamlakatda jismoniy madaniyatni targ‘ib qilishda faol qatnashgan.

Monako qiroli

 

Moliyaviy holati: 1 milliard dollar

U nafaqat Monakoda, balki Yevropada ham ko‘chmas mulkka ega, shuningdek, Monte-Karlodagi qimor uyining aksioneri bo‘lib, dunyodagi eng kichik mamlakatda yashaydi.

Uning ismi Albert II, u hozirgi Monako knyazligining monarxi va knyazlik uyining boshlig‘idir. Aytishlaricha, qirolning shaxsiy boyligi uning hukmronligi davrida bo‘lgan yerlarning 25 foizini tashkil etadi, shu jumladan, eski mashinalar va markalar to‘plami, Filadelfiyadagi bino va Monte-Karlo kurortining bir qismiga egalik qiladi.

Nuriddin Ziyo To‘raqulov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring